"Oltin butsa" uchun kurash avjida. Sovringa kimlar da'vogarlik qilmoqda? (TOP-15)

Aslanov Jasurbek
24 yanv 2018, 12:06
"Barselona" va "Real" hujumchilari Lionel Messi hamda Krishtianu Ronaldu "Oltin butsa" qo'lga kiritish bo'yicha rekordchi hisoblanishadi.

Bu ikki to'purar 4tadan shunday sovrinni qo'lga kiritishgan. Joriy mavsum "Oltin butsa" uchun kurash juda qizg'in kechmoqda. Ushbu sovrin uchun asosiy da'vogarlar ro'yxatining uchligida Lionel Messi yo'q. Argentinalik hozircha to'rtinchi o'rinda. Ayni damda "Oltin butsa" uchun kurashayotganlar reytingida "Tottenxem" forvardi Garri Keyn yetakchi. Angliyalik hisobida 21ta gol va 42 ochko mavjud.

Eslatib o'tamiz, Yevropaning top-5 chempionatlarida har bir urilgan gol "Oltin butsa" uchun kurashda 2 ochkoga aylanadi. Ochkolar faqat milliy ligadagi gollarga beriladi.

"Oltin butsa" uchun da'vogarlar reytingi
O'rinFutbolchiKlubGolGol uchun ochkoUmumiy ochko
1Garri Keyn"Tottenxem"21242
2Chiro Immobile"Lacio"20240
3Edinson KavaniPSJ20240
4Lionel Messi"Barselona"19238
5Mauro Ikardi"Inter"18236
6Muhammad Salah"Liverpul"18236
7Jonas"Benfika"231.534.5
8Robert Levandovski"Bavariya"17234
9Falkao"Monako"16232
10Nabil Fekir"Lion"16232
11Serxio Aguero"Manchester Siti"16232
12NeymarPSJ15230
13Luis Suares"Barselona"15230
14Fabio Kvalyarella"Sampdoriya"15230
15Bas Dost"Sporting"191.528.5


Reyting Transfermarkt.de sayti asosida tayyorlandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia