Shu yilning mart oyida foydalanishga topshirilgan yangi arena qoshidagi sport zalida O'zbekiston chempionati o'yinlarini ham o'tkazish rejalashtirilyapti.
Bugun O'FAdan xodimlar kelib sport zali bilan yaqindan tanishib ketishdi. Olmaliq sportining yuksalishida o'z hissasini qo'shayotgan Aleksandr Farmonov Olmaliqda ham yaxshi futzal jamoasini shakllantirish kerak ekanligini ta'kidladi.