"Olmaliq" - O'zbekiston U-19 - 1:3

Narzulla Saydullayev
3 sen 2014, 19:47
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Olmaliqda "Olmaliq" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
Bahsdagi hisob 18-daqiqada Zabihillo O'rinboev tomonidan ochildi. U belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi - 0:1. Oradan uch daqiqa o'tgach Eldor Shomurodov chiroyli tarzda darvozani ishg'ol qildi - 0:2.

22-daqiqada Temur Hakimov "Olmaliq"ning javob to'pini kiritdi - 1:2.

Uchrashuv tugashiga 2 daqiqa qolganida Asliddin Abdiev yoshlarimizning yana bir golini urdi - 1:3. O'yin mana shu hisobda o'z yakuniga etdi.

"Olmaliq" - O'zbekiston U-19 - 1:3
Gollar:
Temur Hakimov 22 - Zabihillo O'rinboev 18 penalti, Eldor Shomurodov 21, Asliddin Abdiev 88
"Olmaliq"
: Akmal Ortiqov, Sarvarjan Jo'raev, Evgeniy Gogol, Darko Stanoevich, Abduqahhor Hojiakbarov, Diyor Turopov, Dilyaver Abibullaev, Doston Abdurahmonov, Zohir Pirimov, Sanjar Shoahmedov, Temur Hakimov.

O'zbekiston U-19: Sarvar Karimov, Doston Tursunov, Odil Hamrobekov, Akrom Komilov, Xurshid G'iyosov, Otabek Shukurov, Doston Hamdamov, Jamshid Boltaboev, Javohir Sohibov, Eldor Shomurodov, Zabihillo O'rinboev.


Olmaliq shahridan Baxtiyor Shirinov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia