

Unai Emeri shogirdlari shanba oqshomida APLning 18-turida safarda "Chelsi"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.
Shu orqali Birmingem klubi ketma-ket 11 g'alaba qayd etib, 1914 yilda amalga oshirilgan rekordni takrorladi. Bunday seriya 1897 yilda ham bo'lgan.
30 dekabr kuni "Aston Villa" navbatdagi uchrashuvini APL peshqadami "Arsenal" maydonida o'tkazadi.



