"Olmaliq": Nazorat o'yinlari yakuniga etdi

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2013, 08:29
"Olmaliq"ning Toshkentda davom etayotgan o'quv-yig'in mashg'ulotlari reja asosida kechmoqda.
Avval xabar berib o'tganimizdek, "Olmaliq" 3ta o'rtoqlik o'yini o'tkazib, tarkibni har tomonlama nazoratdan o'tkazib oldi. Dastlabki uchrashuvda "Neftchi"ga 0:3 hisobida imkoniyat boy berilganligini yozgandik. Ikkinchi uchrashuvda Bekobodning "Metallurg" jamoasi bilan o'tgan o'yinda yakuniy hisob 5:2 bo'ldi. Dastlabki bo'limda 2:2 hisobi qayd etildi. Hikmat Hoshimov penaltidan "Metallurg"ni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, Sardor Rasulov hisobni 2taga oshirdi. Shundan so'ng, tashabbus "Olmaliq" tomonga o'tdi. Zafar Polvonov ikki daqiqa ichida dublga erishib hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi taymda bekobodliklar tarkibni to'la almashtirishdi. Biroz yoshargan tarkib jamoamiz hujumlariga dosh bera olmadi. Sanjar Shoahmedov, Shaxboz Erkinov va Mamurjon Abdullaevlar bittadan gol urib yakunda "Olmaliq"ning g'alabasini taminlashdi.

Uchinchi nazorat o'yini Samarqandning "Dinamo" jamoasiga qarshi kechdi. Bu bahsda biroz betobligi sabab Evgeniy Gogol ishtirok etmadi. O'yin ancha shiddatli va xafvli vaziyatlarga boy bo'lgan ersada, birinchi taymda hisob ochilmadi. Ikkinchi taymda Azamat Isroilov hisobni ochdi. Biroq ko'p o'tmay dinamochilar qarshi hujumdan unumli foydalanib hisobni tenglashtirishga erishishdi.

Jamoa mashg'ulotlarni 2 avgustgacha Toshkentda davom ettiradi. "So'g'diyona" bilan o'tadigan ikkinchi davraning birinchi o'yiniga tayyorgarlik Yangiyerda davom ettiriladi. Jamoa futbolchilari 30 iyul kuni tibbiy ko'rikdan o'tishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz