Oliy liga. 7-tur. "Nasaf" o'z maydonida "Andijon"ga javobsiz 3ta gol urdi

Narzulla Saydullayev
28 apr 2016, 20:20
Bugun oliy liganing 7-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida "Andijon" sal bo'lmasa uchrashuvda hisobni ochishi mumkin edi, Yovanovichning bosh bilan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni so'nggi pallada Ildar Mamatkazin qaytarib yubordi.

26-daqiqada Maqsud Karimovning ketma-ket zarbalaridan so'ng to'p himoyachilarga tegib qaytdi. Yakuniy zarbadan so'ng esa Xodjaev ajoyib seyv namoyish etib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

34-daqiqada Javlon Guseynov jarim zarbasini amalga oshirdi. U to'pni jarima maydoni ichida turgan Ibrohim Rahimovga oshirdi. Ammo Rahimov zarba berishda kechikdi chog'i. Shu tariqa xavfli vaziyat samarasiz yakunlandi.

42-daqiqada Ibrohim Rahimovning darvoza tomon yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng Quvvatov to'pni arang maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Birinchi bo'limda hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo'limda, aniqrog'i 61-daqiqada maydon egalari hujumchisi Azamat Allaniyozov hisobni ochdi - 1:0.

Uchrashuvning 77-daqiqasida o'ng qanotdan Dilshod Rahmatullaevning havolatib uzatib bergan to'pini Ildar Mamatkazin boshi bilan darvoza to'riga aniq joylab qo'ydi - 2:0.

Oradan besh daqiqa o'tgach Bahrom Abdurahimov o'ng qanotda jarima maydoni ichida to'pni Maqsud Karimovga qulay tarzda etkazib bergach, Karimov darvozani aniq nishonga oldi - 3:0.


Nasaf (Qarshi) – Andijon (Andijon) 3:0
MATNLI TRANSLYATSIYA
28 aprel 2016. Qarshi. "Markaziy" stadion. 18:30
Hakamlar:
SH. Qosimov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), S. Eremeev (Toshkent), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).

Gollar: Azamat Allaniyozov 61, - 1:0. Ildar Mamatkazin 77, - 2:0 (Dilshod Rahmatullaev). Maqsud Karimov 82, - 3:0 (Bahrom Abdurahimov)

"Nasaf": 35.Sanjar Quvvatov, 4.Maqsud Karimov, 5.Ildar Mamatkazin, 7.Shuhrat Muhammadiev, 10.Dilshod Rahmatullaev, 17.Artur Gevorkyan, 18.Bahrom Abdurahimov, 19.Deyan Bolevich, 21.Azamat Allaniyozov (16.Dilshod Xushbakov, 88) 23.Sherzod A'zamov, 31.Saydullo Rahmatov (27.Islom Rashidxonov, 46).
Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov, 8.Sirojiddin Qo'ziev, 29.Akbar Murodov, 38.Doniyor Narzullaev, 42.Najmiddin Normurodov.

"Andijon": 46.Xurshid Xo'jaev, 4.Azamat Isroilov, 5.Iqbol Boboxonov, 9.Otabek Valijonov, 13.Rustam A'zamov (7.Alisher Shog'ulomov, 65), 18.Farhodbek Bekmurodov, 21.Javlon Guseynov, 24.Ibrohim Rahimov (11.Abdumalik Abdullaev, 69), 26.Baxtiyor Qosimov, 84.Nemanya Yovanovich, 89.Bobur Akbarov.
Zaxira: 1.Akmal Tursunboev, 3.Davron Tursunov, 6.Ibrohim Otaxonov, 10.Anvar Berdiev, 77.G'ulom O'runov.

Ogohlantirishlar: Iqbol Boboxonov 25, Farhod Bekmurotov 90.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia