Oliy liga-2015 yakunlari. "Neftchi" haqida

Narzulla Saydullayev
4 dek 2015
2015 yilgi mavsumda ishtirok etgan barcha klublar haqida ma'lumot berishni davom ettiramiz.

Navbat bu yil beshinchi o'rinni olgan Farg'onaning "Neftchi" klubiga yetib keldi.

Mavsum
Farg'onaliklar chempionatni ikkita durang bilan boshlashdi. Keyin ketma-ket 6ta o'yinda raqiblarni taslim qilib musobaqa jadvalida peshqadam bo'lib olishdi. Biroq "Paxtakor" va "Nasaf" bilan o'yinlarda yutqazib qo'ygan "Neftchi" birinchi davrani to'rtinchi o'rinda tugatdi. Ikkinchi davra boshi jamoa uchun omadsiz bo'ldi. Ketma-ket uchta mag'lubiyat qayd etildi. Chempionat oxirida 4-o'rin uchun imkoniyat bor edi, ammo ko'plab mag'lubiyatlar va ochko yo'qotishlar natijasida "Neftchi" mavsumni beshinchi pog'onada tugatdi.



Murabbiylar
Jamoani mavsum davomida ikkita murabbiy boshqardi. 21-turga qadar Murod Ismoilov bosh murabbiy sifatida ishladi. Sog'ligidagi muammolar tufayli o'zi yordamchi murabbiylikka o'tdi va Andrey Fyodorov bosh murabbiyga aylandi. Ismoilov qo'l ostida Toshkentda "Bunyodkor" mag'lub etildi, vodiy derbisida "Andijon" safarda 4:0 hisobida taslim qilindi. Fyodorov bosh murabbiy bo'lganidan so'ng "Paxtakor" va "Bunyodkor" Farg'onadan mag'lubiyat bilan qaytishdi.



Yetakchi
Akmal Xolmatov va Mansur Saidov
Jamoaning faxriy yarim himoyachilari yosh futbolchilarga o'rnak bo'lishdi. Ikkala futbolchi ham bir necha o'yinlarda ishtirok eta olishmadi. Bazida Xolmatov, bazida Saidov asosiy tarkibda o'ynadi. Akmal Xolmatov gol urgan eng faxriy futbolchiga aylandi. Uning hisobida 4ta gol bor.



Kashfiyot
Umid Qodirov. 1992 yilda tug'ilgan yarim himoyachi o'tgan mavsumda 10ta o'yinda (4ta to'liq) maydonga tushgan edi. 2015 yilda esa 28ta uchrashuvda (24ta to'liq) ishtirok etdi va 2ta gol urdi. Agar ko'proq bahsda maydonga tushganida Himoyachi Doston Tursunov ham kashfiyotlardan biri bo'lardi. Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga borib kelgan futbolchi faqat 2ta o'yinda maydonga tushdi xolos.



Eng yaxshi o'yin
"Neftchi" - "Paxtakor" 3:2
24-turda Farg'onada "Paxtakor"ni qabul qilgan "Neftchi" muxlislarga ajoyib g'alaba taqdim etdi. Birinchi bo'limda Umid Qodirov hisobni ochgan, 4 daqiqa o'tgach Sherzod Hakimov jarima to'pidan keyin ikkinchi bor raqib darvozasiga gol urdi. Adnan Oraxovac hisobni qisqartirdi. 78-daqiqada Otabek Isroilov to'p kiritib farqni yana ikkita oshirgandi. Bahs tugashiga 5 daqiqa qolganida Sergeevning penaltidan urgan goli yakuniy hisobni o'rnatgandi - 3:2. Shu tariqa "Neftchi" chempionlik uchun kurashayogan "Paxtakor"ni mag'lub etgandi.



Eng yaxshi futbolchi
Evgeniy Cheremisin.
Rossiyalik posbon oliy ligamizda mavsumning eng yaxshi legionerlaridan biri bo'ldi. Cheremisin 30ta o'yinning barchasida maydonda to'liq o'ynagan ikki futbolchidan biri bo'ldi. Posbon 11ta uchrashuvda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi va 30ta gol o'tkazib yubordi.



Kim qancha o'ynadi?

FutbolchiAmpluaTug'.sanaO'yin      
Daqiqa    
Gol    
SK    
QK    
Cheremisin EvgeniyDar29.02.1988302700020
Qodirov UmidjonYahm26.06.1992282350260
Po'latov ShukuraliHim23.02.1990272430380
Ermatov DilyorbekHim30.04.1989272413180
Xolmatov AkmalYahm04.04.1976271425421
Rahmonov SardorHim09.07.1994262295240
Hakimov SherzodYahm13.03.1987261294841
Maxstaliev Abbosbek           
Yahm          
12.01.1994      
251756250
Ahmedov Ro'zimboyHuj30.05.1987251471550
Ubaydullaev MuhsinYahm15.07.1994241718071
Saidov MansurYahm01.11.1983231928042
Bobojonov MurodYahm16.07.199421735500
Rasulov JavohirYahm18.05.1993191379100
Yoqubov BaxtiyorYahm13.09.1984191365110
Mehmonov JahongirHim28.05.1990181620020
Kashkaval Adrian**Him10.06.1987141260220
Isroilov Otabek**Huj07.12.198912287230
Haydarov Otabek*Yahm11.10.199111407200
Nurboev Oybek*Him03.05.19888554110
Tursunov DostonHim13.06.1995294000
Olimov Abdulloh*Yahm11.02.1993145000
Kapadze KamronbeyHim29.01.1994145000
Nurmatov ZokirYahm08.01.199317000
Izoh:
* - birinchi davradan so'ng jamoani tark etganlar.
** - ikkinchi davrada jamoaga kelganlar



"Neftchi-2015" mavsum statistikasi

O'yinlar30
Gollar41
Uydagi gollar24 (58,54%)
Mehmondagi gollar17 (41,46%)
O'tkazilgan gollar30
Uyda o'tkazilgan gollar12 (40%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar18 (60%)
O'rtacha gol1,37
O'rtacha o'tkazilgan gol 1
Uydagi ochkolar31/45 (68,89 %)       
Mehmondagi ochkolar21/45 (46,67 %)
Eng yirik g'alaba4:0 - "Andijon"
Eng yirik mag'lubiyat1:4 - "Sho'rtan"
"Quruq" o'yinlar11 (36,67%)
Gol ura olmagan o'yinlar7 (23,33%)
Irodagi g'alaba2
Yirik g'alabalar2
Yirik mag'lubiyatlar1
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan)0/0
Ogohlantirishlar (o'rtacha)65 (2,17)
Chetlatishlar (o'rtacha) 5 (0,17)
Maydonga tushganlar (legioner)         
24 (2 - 8,33%)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha)208999/6967

Oliy liga-2015 yakunlari. "Paxtakor" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Lokomotiv" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Nasaf" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Bunyodkor" haqida


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia