
"Suaresning "Arsenal"ga o'tishi ehtimoli haqidagi mish-mishlar yurgan vaqtda men uning jamoaga kelib qo'shilishi biz uchun katta plyus bo'ladi deb hisoblaganman. Biz bir-birimizni ajoyib tarzda to'ldirishimiz mumkin edi.
"Shuningdek, u qanotda ham o'ynay oladi. Boshqa futbolchilar bilan birga yaxshi o'ynab ketishim qiyin kechgan bo'lardi.
"Agar Iguain jamoaga kelganida bir-birimiz bilan to'g'ridan-to'g'ri raqobat yuzaga kelardi. Chunki u ham mendek toza markaziy hujumchi. Albatta, o'sha vaqtda meni bu mish-mishlar biroz havotirga solgandi. Biroq men raqobatdan qo'rqmayman", dedi Jiru.