
Men ishontirib ayta olamanki, biz mundialda g'alaba qozona olamiz. Fransiya terma jamoasi Ispaniya, Germaniya va Braziliya kabi jamoalardan orqada emas. Bizning o'zimizning maqsad va rejalarimiz bor. Men uchun eng ideal final bu Braziliyaga qarshi bo'lardi. Ha, ular so'zsiz favorit hisoblanishadi. Lekin mezbonlar bilan finalda duch kelsak zo'r bo'lardi.