"Olimpik-MobiUz" nazorat o'yinida "Metallurg"ni mag'lub etdi

Оқил Абдубарноев
7 mar 2026
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Pro liga ishtirokichlari – "Metallurg" va "Olimpik-MobiUz" nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Bellashuvda Toshkent shahri jamoasi bekobodliklarni 3:1 hisobida mag'lub etdi. "Olimpik-MobiUz" safida Mahamatov, Hamraboev va Ahmedov raqib darvozasiga yo'l topgan bo'lsa, "Metallurg"ning yagona goliga Azim Ahmedov mualliflik qildi.

Eslatib o'tamiz, Pro liganing ilk turini "Metallurg" "Yaypan", "Olimpik-MobiUz" esa "Sho'rtan" maydonida o'tkazadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia