

Mazkur uchrashuvni boshqarib borgan bosh hakam Olim Tolibjonov nazoratchi Alisher Abdullaev tomonidan 4,0 ballga loyiq topildi. Bu esa maktab bahosida "ikki" degani. Xo'sh, bu o'yinda Tolibjonov qanday qo'pol xatolarga yo'l qo'ydiki, nazoratchi unga "ikki" qo'yishni lozim topdi.
Saytimizdan uzoqlashmay bizni kuzatishda davom eting. Tez orada Tolibjonovning xatolarini videolavhalar ko'rinishida beramiz. Eslatib o'tamiz, bungacha "Buxoro" - "Dinamo" bahsini boshqarib borgan Rustam Bobomurodov O'FF hakamlar qo'mitasi qaroriga ko'ra butunlay futboldan chetlatildi.
Endilikda Olim Tolibjonov borasida ham qaror qabul qilinishi kutilmoqda. Lekin bizga ma'lum bo'lishicha, toshkentlik hakam 4,0 ball yuzasidan apellyaciya bermoqchi ekan.



