

"Uchrashuv boshida gol o'tkazib yubordik. Lekin bu o'yinimizga salbiy ta’sir o'tkazmadi. G'alaba qozonganimizdan xursandman. Ushbu o'yinga puxta tayyorgarlik ko'rgan edik. Xet-trik muallifiga aylanganim hamda gollarim "Navbahor"ning yirik g'alabasiga xissa qo'shgani albatta quvonarli xol.
Bizni stadionda qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga fursatdan foydalanib rahmat aytmoqchiman. Futbol - bu jamoaviy o'yin. Jamoadoshlarimga ham ajoyib va muhim g'alaba uchun tashakkur aytaman. Qo'qonliklarga qarshi O'zbekiston kubogi doirasidagi javob o'yinida ham mehmonda kerakli natijani qayd etishimizga umid qilaman. Safardan g'alaba bilan qaytib muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz", - dedi Pishur.
"Navbahor" matbuot xizmati



