OKMK himoyachisi "Olimpik"ka o'tdi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2023
"Olimpik" klubi ikkinchi davra oldidan o'z safiga yana bir futbolchini qo'shib oldi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, OKMKga tegishli universal qanot himoyachisi Eldor Begimov "Olimpik"ka ijaraga berilgan. Begimov o'tgan mavsum birinchi davrasida ham "Olimpik" safida ijarada o'ynagandi.

Bu mavsum Begimov OKMK safida Superligada 4ta o'yinda ishtirok etdi va maydonda 35 daqiqa harakat qildi xolos.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia