OKMK Botirali Ergashev o'rniga "Loko" sobiq posbonini olib keldi. Klub gruziyalik yarim himoyachini ham jalb etgan

Sherzod Nurmatov
8 yanv 2024, 12:16
Mirjalol Qosimov qo'l ostidagi OKMK jamoasida yangiliklar bor.

Ma'lumotlarga ko'ra, jamoa "Neftchi"ga yo'l olgan Botirali Ergashev o'rniga "Lokomotiv", "Qizilqum" jamoalari sobiq posboni Javohir Ilyosovni olib kelgan. 

Bundan tashqari, jamoa o'zbekistonlik muxlislarga tanish, bir muddat "Paxtakor"da harakat qilgan yarim himoyachi Giorgi Papavani ortga qaytardi. Shuningdek, kuni kecha "Nasaf" bilan xayrlashgan hujumchi Aziz Xolmurodov OKMK safiga qo'shilgan. 



Eshitishimizga qaraganda, OKMK tez orada legioner hujumchi ham sotib oladi.  

Avvalroq himoyachi Avazbek O'lmasaliev Olmaliq jamoasiga o'tishi haqida xabar bergan edik.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia