Okazaki: "Chempionlar ligasida o'ynash qanday ekanligini tasavvur qila olmayman"

Aslanov Jasurbek
13 apr 2016, 18:45
"Lester Siti" hujumchisi Sinzi Okazaki jamoasining muddatidan avval Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritganiga izoh berdi.

"Chempionlar ligasida o'ynash qanday bo'lishini tasavvur qila olmayman. Nihoyat katta sahnaga chiqaman. Men Yevropada o'ynayotgan kam sonli yaponiyalik futbolchilarning biriman, ammo hech qachon Chempionlar ligasida o'ynamaganman. Doimo kuchimni evrokuboklarda sinab ko'rmoqchi bo'lganman. Bu men va "Lester" uchun oldinga tashlangan katta qadam bo'ladi" - deydi Okazaki.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com