OK-2025 saralashi. Avstraliya birinchi o'rinni naqd qilib, musobaqa final bosqichiga yo'l oldi, O'zbekiston Turkmanistonni ikkita to'p farqi bilan yutsa, ikkinchi o'rinni oladi

Sherzod Nurmatov
19 yanv 2025, 16:39
2025 yilgi futzal bo'yicha ayollar Osiyo Kubogi saralash bahslari davom etmoqda.

2025 yilgi futzal bo'yicha ayollar Osiyo Kubogi "C" guruhi saralash uchrashuvi

Filippin 1:2 Avstraliya

"Yunusobod" sport majmuasi

Gollar: Halli Smit (avt 20') - Deyzi Errousmit (8'), Jessika Ou (21')

Ogohlantirish: Klaudia Friskalzo 23 (Avstraliya)

Eslatib o'tamiz, Filippin terma jamoasini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan Avstraliya muddatidan avval guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Birozdan keyin O'zbekiston terma jamoasi Turkmanistonga qarshi bahs olib boradi va 2 ta to'p farqi bilan g'alaba qozonsa, "C" guruhida 2-o'rinni olgan holda Osiyo Kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia