

"Championat.asia" sayti ijodkorlari 3-turning eng yaxshilari va ramziy terma jamoasini tuzib chiqishdi. Demak, birin-ketin eng yaxshilarni e'lon qilishda davom etamiz.
Saytimiz ijodkorlari tomonidan Falastin terma jamoasi ustozi Makram Dabub uchinchi turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. 51 yoshli tunislik murabbiy boshchiligidagi Falastin Gonkong bilan bahsda 3:0 hisobida g'alaba qozondi va 4 ochko bilan guruhdan chiqishga erishdi. Falastin o'z tarixida ilk bor Osiyo kubogida guruhdan chiqdi. Tarixiy natijani qo'lga kiritgan Makram Dabub haqli ravishda turning eng yaxshi murabbiyi deb tan olindi.

Osiyo Kubogi-2023 guruhlardagi holat >>>>> OK-2023



