FIFA Falastinning Isroilni a'zolikdan chetlatish borasidagi so'rovini rad etdi
Omonjon To`xtamirzayev
24 sen 2024, 14:01
Ma'lumotlarga qaraganda, Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Falastin futbol assotsiatsiyasining Isroilni tashkilot a'zoligidan chiqarib yuborish borasidagi so'rovini qondirmagan.
Biroq Isroil futbol assotsiatsiyasi rasizmga qarshi kurashayotgani va bu borada amaliy ishlar qilinayotganini ko'rsatib berishi talab qilingan. Aks holda kelajakda sankciyalar joriy etilishi mumkinligi ma'lum qilingan.