OFK kubogi. Turkmaniston klubi tarixida ilk bor finalda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
3 okt 2018, 20:07
Bugun OFK kubogi yarim finali doirasidagi "Oltin Asr" - "25 aprel" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

19 sentyabr kuni KXDRda bo'lib o'tgan dastlabki uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etilgandi.

Bugungi javob bahsida hisobni koreyslar ochishdi. 7-daqiqada Xan Song Xyok mezbonlar darvozasini ishg'ol qildi - 0:1. Ikkinchi taymda mehmonlar ikkinchi golni urishlari mumkin edi. Biroq belgilangan penaltini Mamed Orazmuhamedov qatarishga erishdi.

64-daqiqada turkmanistonlik Vohit Orazsaxedovning penaltidan urgan goli "Oltin Asr"ni OFK kubogi finaliga olib chiqdi - 1:1.

27 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan finalda "Oltin Asr" Iroqning "Al Quva Al Javiya" bilan o'ynaydi. Uchrashuv Iroqda bo'lib o'tadi.



TAS-IX Emas


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia