OFK Kubogi. Muxlislar stadionga kirishi mumkin

Xayrulla Xoliqov
13 may 2021, 13:22
Tojikistonda bo'lib o'tadigan OFK Kubogi guruh bosqichi o'yinlariga muxlislarning stadionga kirishiga ruxsat berildi.

Bu haqda ayni payt Dushanbeda bo'lib turgan saytimiz vakili Tolibjon Qosimov ma'lum qildi. Uning aytishicha, o'yinlar bo'lib o'tadigan Dushanbedagi "Markaziy" stadionda OFK Kubogi musobaqasi mahal 10 ming nafargacha muxlis kirishiga ruxsat beriladi. O'yingoh sig'imi 20 ming nafar tomoshabinga mo'ljallangan bo'lib, sotiladigan chiptalar 10 mingtadan oshmasligi kerak. 

Eslatib o'tamiz, bu yilgi OFK Kubogida "Nasaf" yurtimiz sharafini himoya qiladi. "Nasaf" ishtirokidagi o'yinlar taqvimi quyidagicha ko'rinish olgan:

"F" guruhi: "Nasaf" (O'zbekiston), "Oltin Asr" (Turkmaniston), "Xo'jand" (Tojikiston), Oloy (Qirg'iziston).

14 may. "Nasaf" - "Oloy"

17 may. "Xo'jand" - "Nasaf"

20 may. "Nasaf" - "Oltin Asr"

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia