OFK ertangi o'yinimizni boshqaradigan hakamni taqdirladi

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2016, 18:18
OFK tashkiloti U-23 Osiyo chempionatida ishlaydigan hakamlardan uch nafarini taqdirladi.

Ulardan biri - ertaga bo'lib o'tadigan Janubiy Koreya - O'zbekiston bahsini boshqarib boradigan saudiyalik Fahad Al Mirdasi.

Taqdirlashdan maqsad, bu hakamlar Yangi Zelandiyada o'tkazilgan U-20 jahon chempionatida o'yinlarni yaxshi boshqarishdi. Bu esa OFKning e'tiboridan chetda qolmadi. Ayniqsa, ushbu hakamlarning jahon chempionati finalini boshqarishgani OFK rahbarlari etirofiga sazovor bo'ldi. Esingizda bo'lsa, final uchrashuvida Serbiya Braziliyani 2:1 hisobida engib, jahon chempioni bo'lgandi.  

30 yoshli Fahad Al Mirdasi Osiyo Kubogining final o'yinida zaxira hakami vazifasini bajargan, qolaversa o'sha musobaqada Ummon - Quvayt va Iordaniya - Iroq bahslarini boshqargan. Bundan tashqari, o'tgan yilgi Osiyo chempionlar ligasining beshta o'yinida ishlagan. OFK prezidenti Shayx Salmon saudiyalik hakamga "Jahon saviyasidagi yosh hakamlarimizdan biri" degan tarifni berdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia