OFK 2018 yilning eng yaxshilarini taqdirladi. Qatarlik futbolchi eng yaxshi bo'ldi va qolgan g'oliblar

Narzulla Saydullayev
28 noya 2018, 21:05
Bugun Ummon poytaxti Maskat shahrida Osiyoning 2018 yildagi eng yaxshilarini aniqlash marosimi bo'lib o'tdi.

Marosim Maskat shahridagi Ummon ko'rgazmalar va konferenciyalar markazida boshlandi.


Taqdirlash marosimida quyidagi sovrinlar o'z egalariga topshirildi:

1."Osiyo Olmosi" sovrini - 
Jang Jilong (Xitoy)


2.Eng yaxshi federatsiya
Rivojlangan - Yaponiya
Rivojlanayotgan - KXDR
Rivojlanishga intilayotgan - Mo'g'uliston

3.Ommaviy futbolchini rivojlantirish bo'yicha sovrin
Rivojlangan - Xitoy
Rivojlanayotgan - Singapur
Rivojlanishga intilayotgan - Falastin

4.Yilning eng yaxshi murabbiyi (Ayollar) - 
Asako Takakura (Yaponiya)
qolgan ikki da'vogar: Miyo Okamoto (Yaponiya) va Nuengrutai Sratongvian (Tailand)

5.Yilning eng yaxshi murabbiyi (Erkaklar) 
- Go Oiva (Yaponiya)
qolgan ikki da'vogar: Bosim Hamdan (Iroq) va Ravshan Haydarov (O'zbekiston)


6.Yilning eng yaxshi futzalchisi 
- Ali Asqar Hassanzoda (Eron)
qolgan ikki da'vogar: Rafael Xenmi (Yaponiya) va Mahdi Javid (Eron)

7.OFK Prezidentining maxsus sovrini - "Wild Boar" (Tailand) bolalar futbol klubi hamda Yaponiyaning U-20 bosh murabbiyi Futoshi Ikeda


8.Yilning eng yaxshi futbolchisi (Ayollar) - Van Shuan (Xitoy)
qolgan ikki da'vogar: Samanta Kerr (Avstraliya) va Saki Kumagay (Yaponiya)

9.Yilning eng yaxshi futbolchisi (Erkaklar) - Abdulkarim Hassan ("Al-Sadd", Qatar)
qolgan ikki da'vogar: Kento Misao ("Kashima Antlers", Yaponiya) va Yuma Suzuki ("Kashima Antlers", Yaponiya)



Quyidagi to'rtta sovrin o'z egalariga bugun emas boshqa kun topshiriladi:
 
1.Yilning eng yaxshi hakami - Alirizo Fag'oni (Eron)


2.Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi (Ayollar) - Saori Takarada (Yaponiya)
qolgan ikki da'vogar: 
Fuka Nagano (Yaponiya) va Moeka Minami (Yaponiya)

3.Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi (Erkaklar) - Turkiy Al Ammar (S.Arabistoni)
qolgan ikki da'vogar: 
Yun Nishikava (Yaponiya) va Chon Se Jin (J.Koreya)

4.Boshqa qitada o'ynaydigan eng yaxshi osiyolik futbolchi - Makoto Xasebe (Yaponiya)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia