O'FFning Vitaliy Denisov bilan bog'liq vaziyat yuzasidan bayonoti

Narzulla Saydullayev
31 okt 2016, 18:41
O'zbekiston terma jamoasi Vitaliy Denisov bilan bog'liq holatni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda va futbolchining tvitter orqali yozgan fikri OAVda keng muhokama qilinayotganidan xavotirda ekanini bildiradi.

Ayni paytda O'zbekiston futbol federatsiyasi vaziyatni tubdan o'rganmoqda hamda futbolchi bilan tushuntirish ishlari olib borilayotganini ma'lum qiladi.

Denisov bilan olib borilgan suhbat davomida futbolchi o'zining fikri orqali hech qanday yomon maqsadni ko'zlamagani aniq bo'ldi. O'zbekiston terma jamoasi unga to'liq ishonadi va futbolchini qo'llab-quvvatlashini bildiradi.

O'zbekiston futbol federatsiyasi futbol ommasidan vujudga kelgan tushunmovchilik bo'yicha chuqurlashmaslikni so'raydi hamda 15 noyabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi o'yin bo'ladigan muhim o'yin arafasida jipslashishga chaqiradi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com