Dastlab O'FF prezidenti Mirabror Usmonov o'tgan 8 yillik hisobotni topshirdi:
"Assalomu alaykum, qadrli mehmonlar. Qilingan ishlar to'g'risidagi hisobotni sizlarga vaqtliroq tavdim etdik. Birgalikda 8 yil mobaynida ishladik. Qanday yaxshi ishlar qilgan bo'lsak, muvaffaqiyatlarga erishgan bo'lsak, sizlardan minnatdorman. Hamjihat bo'lmasdan bularni uddalay olmasdik. Futbolni hukumatimiz qo'llab-quvvatlamaganda, Yurtboshimizning farmonlari bo'lmaganda, bunday rivojlanishga erishmasdik. O'FFda ishlash jarayonida mashhur futbolchilar va boshqa insonlar bilan ko'rishib, ko'p narsalarni bilib oldim. Ishga kelgan paytda aytgandim: natija talab qilishdan avval unga yarasha poydevor bo'lishi, infratuzilma, bolalar futboli va ommaviy futbol borasida o'sishimiz kerak. Shularni qilishga muvaffaq bo'ldik. O'tgan 8 yil ichida O'FF 132 milliard daromadga ega bo'ldi, 120 milliard so'mlik xarajat qildi. Bular haqida batafsil hisobot jurnalda keltirilgan.
14ta akademiya va 10ta stadion ishga tushirildi. Yaqin orada Namangan va Farg'onadagi stadionlar ham bitiriladi. Demak, endi poydevorni tayyorlab bo'ldik deb aytsak bo'ladi. Mana endi jamoalarimizdan natija talab qiladigan vaqt yetib keldi. Yangi Prezident va ijroqo'm a'zolari bemalol har qanday talabni ilgari surishi mumkin. Futbolchilar va hakamlarimiz bir qator sovrinlarga ega chiqishdi, yoshlarimiz jahon chempionatida chorak finalgacha yetib bordi, o'smirlarimiz Osiyo chempionatida zafar quchishdi. Bu muvaffaqiyatlar kuchimizga kuch qo'shadi. Ahil oila bo'lmasdan bu yutuqlarni qo'lga kirita olmasdik. Ko'p bor bizni tanqid ham qilishdi. Tanqidni to'g'ri qabul qilib, kamchiliklarni tuzatishga urinish kerak. Mashal radiosida Arena dasturida ishqibozlar fikrini bildiradi. Ular tomonidan aytilgan gaplardan so'ng tanqiddan xulosa chiqarib, ishlashga majbur edik. Tanqid o'rinli bo'lishi lozim. Barcha jurnalistlarga ham rahmat aytaman.
O'zbekiston futbolini dunyo taniy boshladi, bizni hurmat qilishadi. Osiyoda futbol borasida beshinchi o'rinda turibmiz. Federatsiyamiz ish uslubini Xitoy va Iordaniyadan kelib o'rganishmoqda. OFK va FIFAga ham minnatdorchilik aytishimiz kerak. Shu bilan birga ularda ham o'ziga yarasha kamchiliklar borligini takidlash lozim. Ularni tanqid qilganimda mening ingliz tilini bilmasligimdan xursand bo'lishadi. O'tgan yillar davomida 34 nafar xodimlarimiz davlat mukofotlariga sazovor bo'lishdi.
O'zbekiston futbolining kelajagi juda porloq. Buni qo'rqmasdan ayta olaman. Yangi Prezidentga ishimni ikkilanishlarsiz topshiraman. Jahon futbolida FIFA xalqaro olimpiya qo'mitasiga o'z so'zini o'tkaza oladigan tashkilot hisoblanadi. Hozir O'FF va MOQ Prezidenti sifatida ishlab ko'rib bildimki, bizda O'FF ancha ustun tashkilot. Endi kuchayishni birgalikda davom ettiramiz.
Biz bilan birgalikda futbol rivojlanishiga hissa qo'shgani uchun Markaziy bank raisi Fayzulla Mullajonovga O'FF nishonini taqdim etmoqchiman.
Rossiya va Ukrainaga qarang, muxlislar qanday janjallar qilishadi. Ular orasida intizomni ushlab turish oson ish emas. Shu sababli IIV birinchi o'rinbosari A.Ahmedbaev ham shu unvonimizni topshirishga ruxsat etasizlar. Bundan tashqari, Madaniyat va Sport ishlari Vazirligi birinchi o'rinbosari Jasur Akramovga ham minnatdorchiligimizni shu unvon bilan izhor etaman. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi bilan turli ishlarimizni hal qilishda o'z yordamini ayamagan Vazirlar Mahkamasi xodimi Orifxon Zokirovni O'FF unvoni bilan taqdirlaymiz.
Futboldan ketish oson emas. O'zim bilan birga faoliyat yuritgan O'FF xodimlari, shu yerda o'tirgan barcha insonlarga rahmat. Oxirgi 8 yil mobaynida ahil jamoa bilan birgalikda katta miqyosdagi ishlarni amalga oshirdik. Yaqin yillar ichida barcha terma jamoalarimiz katta muvaffaqiyatlarga erishadi. 2018 yil shu yerda g'alabalarimizni birga nishonlashga yig'ilamiz degan umiddaman.
Keyin esa Andijon viloyati futbol federatsiyasi vice-prezidenti Ilhom Ustaxonov O'FF bajargan ishlar ko'lami keng miqyosda bo'lgani va barcha hududlarda futbol rivojlanayotganini etirof etib o'tdi. Shundan so'ng Paxtakor FK vice-prezidenti Samvel Babayan o'z fikrlarini bildirib o'tdi:
- Barchaga salom. Professional klublar nomidan o'tgan 8 yil ichida O'FF Prezidenti lavozimida katta ishlarni amalga oshirgan Mirabror Usmonovga rahmat aytishga ruxsat etsangiz. So'nggi yillarda bajarilgan to'g'ri ishlar natijasida o'sishga erishdik. Yoshlar terma jamoalari g'alabalarga erishdi. Mirabror Zufarovich ishga butun borlig'ini baxsh etdi. Endi esa siz mamlakatimiz sporti nufuzini ko'tarishga harakat qiladi. Futbolni rivojlantirishga qilgan ishlaringiz uchun sizdan minnatdormiz. Baxtimizga sog' bo'ling.
Buxoro viloyati futbol federatsiyasi vice-prezidenti To'ra Qo'ldoshev Buxoro viloyatida shu yillar mobaynida millionlar o'yinining o'sishiga etarli sharoitlar muhayyo etilgani to'g'risida batafsil ma'lumot berib o'tdi.
2010-2013 yillarda O'FF bajargan ishlar qoniqarli bo'lganligini ovoz beruvchi delegatlar tasdiqlashdi. Keyin Terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov so'zga chiqdi:
Hurmatli konferenciya qatnashchilari. Oldimizda O'FFning yangi Prezidentini saylash vazifasini turibdi. Unga bir necha nomzodlar bor. Men bu haqida sizlarning fikrlaringiz va takliflaringizni bilmoqchi edim.
Navoiy, Farg'ona va Namangan viloyatidan kelgan vakillar so'z olib, Mirabror Usmonovning lavozimda qolishi yaxshi bo'lishi to'g'risida gapirib o'tdilar. Faxriylar nomidan so'zga chiqqan Birodar Abduraimov ham ta’sirli nutqi bilan yodda qoldi. Futbolimiz faxriysi Mirabror Zufarovich O'zbekiston futboli uchun ko'p foydali ishlar amalga oshirganini etirof etib, milliy terma jamoaning jahon chempionatiga chiqishini faxriylar Usmonov bilan birgalikda bajarish zarurligini aytib o'tdi.
Muxlislar klubi raisi Abdurahmon Fozilov esa yurtimizdagi muxlislar nomidan Mirabror Usmonovning lavozimida qolishini ishqibozlar xohlashini takidlashlarini so'zladi. O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi boshlig'i Rustam Qoriev ham Usmonovdan O'FFga rahbarlik qilishda davom etishni so'radi.
"Zorim boru, zo'rim yo'q. Bunday jamoa bilan yana ishlash baxtiga ega bo'lib turibman. Endi har ikki lavozimdagi faoliyatimni davom ettiraman", - deydi Mirabror Usmonov.
Sardor Rahmatullaev birinchi vice-prezident, Markaziy bank raisi Fayzulla Mullajonov va IIV birinchi o'rinbosari A.Ahmedbaev vice prezident lavozimida ishlashadi. Homiylar va chet el aloqalari bilan ishlash bo'yicha vice-prezident lavozimiga 10 kun ichida kim tayinlanishi ma'lum bo'ladi.
Farhod Magometov, Alisher Sultonov, Sardor Rahmatullaev, Samvel Babayan, Asqar Tolibjonov, Ravshan Ermatov, Akramov ijroqo'm a'zolari bo'lib saylanishdi.
Behzod Nazarov yozib oldi.