

Turli soha vakillari o'rtasida futbol musobaqalari hamda futbol festivallari tashkil etilmoqda.
Jumladan, 27 iyun - matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi shu yilning iyun oyida OAV vakillari hamda jurnalistlar o'rtasida mini-futbol musobaqasi tashkil qilishni rejalashtirgan.
Ushbu futbol musobaqasini tashkil qilishdan asosiy maqsad futbolning ommaviyligini oshirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etish, musobaqa ishtirokchilari o'rtasida o'zaro do'stona aloqalarni kuchaytirishdan iborat.
Musobaqa O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining sun'iy qoplamali futbol maydonlarida tashkillashtiriladi.
Ushbu futbol musobaqasida ishtirok etishni istagan OAV vakillari O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining matbuot xizmatiga media@the-uff.com elektron pochtasi orqali murojaat etishlari mumkin.



