O'FA Ro'ziqul Berdiev bo'yicha surishtiruv o'tkazadi

Alisher Ostonov
28 okt 2025
Bu haqda O'FA xabar berdi:

O'FA "Nasaf" klubi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievning OKMK hamda "Nasaf" jamoalari o'yinidan keyin bo'lib o'tgan matbuot anjumanidagi ishtiroki yuzasidan surishtiruv o'tkazadi.

2025 yil 26 oktyabr kuni o'tkazilgan OKMK hamda "Nasaf" klublari o'yinidan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanida "Nasaf" klubi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievning bildirgan fikrlari futbol jamoatchiligi orasida keng muhokamalarga sabab bo'ldi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi mazkur holat yuzasidan o'rganish va surishtiruvlarni o'tkazadi hamda unga huquqiy baho beradi.


Video  Ro'ziqul Berdiev: "Neftchi" chempion bo'lsa, qahramonlarni maydondan izlash kerak emas. Mening holatimga tushib ko'rsangiz bilasiz"


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia