

Bundan avval O'FA Olimpiya termasiga Mirjalol Qosimovni bosh murabbiy sifatida e'lon qilgan edi. Ma'lumotlarimizga ko'ra, mutaxassis va tashkilot o'rtasida shartnoma imzolanmagan ekan.
Bizga ma'lum bo'lishicha, assotsiatsiya vakillari xorijdan, aniqrog'i, Ispaniyadan mutaxassis qidirish borasida ko'rsatma olganlar.
Eslatib o'tamiz, 2019 yilning mart oyida Olimpiada yullanmasini beradigan Osiyo chempionati saralash bahslariga Toshkent mezbonlik qiladi.



