O'FA JAKO kompaniyasi bilan hamkorlik bo'yicha kelishuvga erishdi

Narzulla Saydullayev
24 okt 2018, 15:42
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoalar uchun sifatli ekipirovkalar etkazib beruvchi bir qator xorij kompaniyalari bilan muzokaralar olib bordi.

Muzokaralar natijasida Germaniyaning mashhur JAKO (“YAKO”) kompaniyasi bilan hamkorlik bo'yicha kelishuvga erishildi. Endilikda mazkur kompaniya turli yoshdagi milliy terma jamoalarimiz uchun har bir mavsum uchun ekipirovkalar etkazib beradigan bo'ldi.

Ertaga soat 19:00da Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda  JAKO kompaniyasi tomonidan o'zaro  hamkorlik bo'yicha kelishuv imzolanadi.

Ma'lumot uchun, JAKO (“YAKO”) kompaniyasi sport ekipirovkalari (libos, oyoq kiyim, aksessuarlar) va inventarlarni ishlab chiqarishga mo'ljallangan kompaniya bo'lib, unga Rudi Shpryugel tomonidan 1989 yilning 1 noyabrida asos solingan.  

Ayni vaqtda JAKO (“YAKO”) kompaniyasining 40dan ortiq mamlakatlarda filiallari mavjud.  Kompaniyaning bosh binosi Germaniyaning janubi-g'arbidagi Xollenbax okrugida joylashgan.

Hozirda Avstriya, Belgii, Gollandiya, Shveytsariya kabi mamlakatlarning bir qator klublari aynan JAKO kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz