"Odil Junior" endi Farg'onada ham chempionlarni tarbiyalaydi!

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2019
Vodiy futbolining rivojiga katta xissa qo'shayotgan Odil Ahmedov, MTJning yana bir vodiylik a'zosi Islom To'xtaxo'jaev bilan hamkorlikda bolalar futbol klubini ochdi!

Yaqinda Ibrohim Rahimov bilan hamkorlikda Qo'qonning Buvayda tumanida o'z filialimiz ish boshlagan edi. Endigi navbat Farg'onaga yetib keldi. Tez kunlarda Marg'ilonda ham o'z faoliyatimizni boshlaymiz.

Odil Ahmedov akademiyasi viloyatlardagi filiallaridan pul olmaydi. Aksincha xorij metodikasini beradi, istedodli futbolchilarni esa tarbiyalashda yordam berib, o'z viloyati jamoasining yulduz o'yinchisi bo'lishida xissa qo'shadi.


Odil Ahmedov akademiyasining kanalini kuzating - https://t.me/odiljunior



"Odil Junior" (Farg'ona) 2009 yildan 2014 yilgacha bo'lgan bolalarni o'z safiga chorlaydi.

"Odil Junior" (Farg'ona) 2009 - 2011 yillarda tug'ilgan istedodli bolalarni bepul qabul qiladi va har bir bolaga bepul futbol liboslarini taqdim etadi.

Murojaat uchun: +99890 3475047 va +99890 347 6047


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: t.me/odiljunior