

Xitoyliklar - juda oddiy yigitlar. Ruslardan ko'ra ular bilan osonroq. Ammo bu yerdagi limit xitoylik futbolchilarni o'zgartirib yuboradi. Rossiyalik futbolchi baribir maydonga tushishini bilib bo'shashadi. Xitoyda esa barcha oxirigacha mehnat qiladi. Doim.
Olti o'rin uchun xitoyliklar o'zaro juda jiddiy raqobat qilishadi. Ular futbolni juda yaxshi ko'rishadi. Bir necha yildan so'ng bu yerda futbol kuchayishi aniq.
Shanxayda Xalk yoki Oskar emas Rikardu Karvalyu ko'proq maslahat beradi. Portugaliyalik futbolchi bir vaqtla Eto’O Anjida qilgan ishni qiladi. Karvalyu Shanxay SIPGning oddiy futbolchisi emas, balki barcha uchun murabbiy, - deydi Ahmedov.




