Odil Ahmedov va "Shanxay SIPG" OCHL guruh bosqichiga chiqdi

Aslanov Jasurbek
30 yanv 2018, 18:55
Osiyo Chempionlar ligasi saralash bosqichi uchrashuvlari doirasida "Shanxay SIPG" "Changray Yunayted"ni qabul qildi.

Bahs 1:0 hisobida xitoyliklar g'alabasi bilan yakunlandi. YU Xayning 48-daqiqadagi goli "Shanxay SIPG"ni OCHL guruh bosqichiga olib chiqdi. Hamyurtimiz Odil Ahmedov ushbu bahsni asosiy tarkibda boshladi, ammo ikkinchi bo'lim boshlanishidan avval bosh murabbiy uni almashtirishga qaror qildi.

"Shanxay SIPG" - "Changray Yunayted" 1:0

Gol: YU Xay 48.

"Shanxay SIPG" OCHLning "H" guruhida "Adelaida Yunayted", "Kashima Antlers" va "Suvon Samsung Blyuvings" bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia