Odil Ahmedov jamoasi mavsum oxirigacha bosh murabbiysiz o'ynaydi

Tolibjon Qosimov
30 sen 2017, 20:23
Hamyurtimiz Odil Ahmedov to'p tepadigan Xitoyning "Shanxay SIPG" klubi bosh murabbiyi Andre Villash-Boash bir hafta oldin "Beyjin Goan"ga qarshi bahsda hakam bilan bahslashgani uchun 8ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Bunday holatda Villash-Boash mavsum oxirigacha shanxayliklarga bevosita maydon chetida turib yordam bera olmaydi.Bu haqda Xitoy futbol Federatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi. Shuningdek, mutaxassis 40 ming yuan jarimaga tortildi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net