Odil Ahmedov bugun "GOL" ko'rsatuvi mehmoni bo'ladi

Tolibjon Qosimov
15 noya 2018, 14:07
Yaqindagina "Shanxay SIPG" safida Xitoy chempionatida zafar quchgan hamyurtimiz Odil Ahmedov kecha Toshkentga qaytdi.

Eldor Mustafoev muallifligidagi "Gol" ko'rsatuvining bugungi qahramoni O'zbekiston milliy terma jamoasining sardori bo'ladi. Dastur davomida Odil Ahmedov bilan O'zbekiston MTJning Osiyo Kubogi oldidan fikrlari, Xitoy superligasidagi faoliyati va "Odil Junior" futbol maktabi haqida fikr yuritiladi.

Ko'rsatuv 19:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia