

Birlashgan Arab Amirliklarining "Al Ayn" klubi bosh murabbiy Alfred Sxryoderni kutilmaganda iste'foga chiqardi. Klub bergan bayonotga ko'ra, ikki tomon o'zaro kelishuv asosida o'rtadagi shartnomani bekor qilgan. Klub bunday qarorga kelinishiga, bosh murabbiy va uning jamoasi klub rahbariyati bilan hamjihat bo'la olmagani sabab bo'lganini ma'lum qildi. "Al Ayn" ayni damda OCHL to'rtinchi turidan so'ng 100 foizlik natija bilan birinchi o'rinda turgandi. Jamoa pley-off yo'llanmasini hal qilib ulgurgandi.
Klub yangi bosh murabbiy nomini yaqin orada rasman e'lon qilishini ma'lum qildi.




