OCHL. Yarim final. Galenoi javob o'yinidan umid qilmoqda

Narzulla Saydullayev
26 sen 2013, 11:36
Xabaringiz bor, kecha Osiyo chempionlar ligasining yarim finalidan o'rin olgan dastlabki bellashuvlar bo'lib o'tdi. Safarda “Seul”ga qarshi to'p surgan Eronning "Istiqlol" jamoasi 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shunga qaramay, forslar bosh murabbiyi Amir Galenoi javob bahsida shogirdlari butunlay boshqacha o'yin namoyish etishlarini bildirib o'tdi.

“Men har ikkala jamoani chiroyli futbol namoyish etgani bilan tabriklamoqchiman, - deya o'z fikrini bildirdi Amir Galenoi. – Bu gapim ayniqsa, “Seul”ga tegishli. Biz mag'lubiyatdan xafa emasmiz, chunki javob uchrashuvida o'z kuchimizni ko'rsata olamiz. Gol o'tkazib yuborganimizni hisobga olmaganda, butun o'yinni yuqori saviyada o'tkazdik. Tanaffus paytida futbolchilarga ikkinchi golni o'tkazib yubormaslikni har qancha tayinlamay, baribir to'p o'tkazib yubordik”.

“O'yindan oldin aytib o'tganimdek, maqsadimiz safarda hech bo'lmasa bitta gol urish edi. Lekin shuncha mehnat qilgan bilan bu ishni amalga oshira olmadik. O'ylaymanki, Tehronda raqib darvozasiga ikkita to'p kirita olamiz. Javob bahsida ikki asosiy yetakchimiz – Javod Nekunam bilan Andranik Teymuryan maydonga tusha olishmaydi. Shunga qaramay, bor imkoniyatni ishga solmoqchimiz”.

X.Xoliqov tayyorladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia