OCHL qur'asini "CA"da Alisher Nikimbaev bilan birgalikda kuzating

5 dek 2017, 17:30
Ertaga Kuala-Lumpur shahrida 2018 yilgi Osiyo chempionlar ligasi va OFK kubogi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Shu munosabat bilan ertaga ofisimizga taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaevni taklif etganmiz.

OCHL guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimini "Championat.asia"ning Facebook va YouTubedagi sahifalarida Alisher Nikimbaevning izohlari bilan birga onlayn kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi.

OCHL guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan 13:30da boshlanadi.

Alisher Nikimbaev bilan suhbat esa 13:00dan boshlab ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz orqali jonli efirda namoyish etiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia