

Unga ko'ra stadion sektorlarining katta qismi xavfsizlik chorasi sifatida yopilgan.
Shundan kelib chiqib, Paxtakor Chempionlar ligasining guruh bosqichi uchrashuvlarini Bunyodkor stadionida o'tadi. Guruh bosqichi 18-sentyabr kuni start oladi. Musobaqaga qur'a tashlash marosimi 24-avgustda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
P.S. Chempionlar ligasida O'zbekistonning 4 ta klubi ishtirok etishi, biroq ularning qaysi sanada qayerda o'ynashi, hatto qaysi turni uy yoki safarda o'tkazishi ham ma'lum emasligidan kelib chiqib, Liga Coca-Cola Superliganing sentyabr, oktyabr va noyabr oylari uchun taqvimini faqatgina 24 avgustdan keyin shakllantirishi mumkin bo'ladi.




