OCHL. "Nasaf" ertaga qaysi libosda maydonga tushishi ma'lum bo'ldi

Tolibjon Qosimov
12 mar 2018, 14:08
Bugun, 12 mart kuni "Al Sadd" - "Nasaf" uchrashuvi oldidan har ikkala klub rasmiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Bu haqda "ajdarlar" rasmiy sayti xabar berdi.

Yig'ilishda bir qator tashkiliy masalalar qatori, ertaga bo'ladigan “Al Sadd” - “Nasaf” uchrashuvida jamoalar qanday liboslarda maydonga tushishiga aniqlik kiritildi.


Demak, ertaga "Nasaf" futbolchilari ko'k rangli liboslarda maydonga tushadi. “Al Sadd” jamoasi futbolchilari esa oq rangli liboslarda maydonga tushadigan bo'lishdi.



Eslatib o'tamiz, OCHL-2018 4-tur doirasidagi “Al Sadd” – “Nasaf” uchrashuvi ertaga, 13 mart kuni Doha shahridagi “Jassim Bin Hamad” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 20:15da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcnasaf.uz