OCHL kvotalari: O'zbekiston hozir "2+2"ga ega

Narzulla Saydullayev
24 apr 2014, 12:28
Shu yildan boshlab OFK Osiyo chempionlar ligasi va OFK kubogiga kvotalar berish tizimini o'zgartirgani haqida xabar bergandik.

Quyida yangi tizim bo'yicha davlatlarga beriladigan ochkolar bilan tanishib olish mumkin. Bu ochkolar OCHL guruh bosqichi yakunidan so'ng kelib chiqib berilgan.

Izoh:

Klub ochko - Davlat klublarining OCHL va OFK kubogidagi natijalaridan kelib chiqib yig'iladi.

MTJ ochko - Mamlakat terma jamoasining FIFA reytingida egallab turgan o'rnidan kelib chiqib yig'iladi.

Jami ochko - Yuqoridagi ikki kriteriy qo'shiladi. 

1 - OCHL guruh bosqichi uchun yo'llanma

2 - OCHL pley-off bosqichi uchun yo'llanma

3 - OFK kubogi guruh bosqichiga yo'llanma

4 - OFK kubogi pley-off boqichiga yo'llanma

5 - OFK kubogi pley-off bosqichi saralashiga yo'llanma


Bu reytingda yanada yuqorilash uchun "Bunyodkor" xalqaro maydonda imkon qadar ko'proq ochko qo'lga kiritishi va O'zbekiston milliy terma jamoasi bu yil FIFA reytingida yuqoriga ko'tarilishi kerak. 2015 yilgi OCHL va OFK kubogi uchun kvotalar 2014 yilning noyabr oyida taqsimlanadi. Ko'ramiz kuzga borib reytingda qanday o'zgarishlar sodir bo'lar ekan?


 

G'ARB MINTAQASI
 

G'arbDavlatKlub ochkoMTJ ochkoJami ochko12345
1S.Arabistoni69.6719.0988.7631 - --
2Eron55.7930.0085.7931 ---
3O'zbekiston39.4424.2163.6522 ---
4BAA32.6220.9453.5522 ---
5Qatar38.7814.7852.9612 ---
6Iordaniya23.3321.4044.7311 ---
7Quvayt29.1911.8741.07-11--
8Iroq25.4113.4738.88-11--
9Ummon10.6817.5428.22-1-1-
10Suriya16.217.9724.18-1-1-
11Livan12.4910.5323.02-1-1 
12Bahrayn8.7112.1320.83-1-1-
13Afg'oniston0.009.109.10 - -11-
14Tojikiston0.337.898.22 - -11-
15Qirg'iziston0.336.216.54 - -11-
16Turkmaniston0.004.994.99 - -11-
17Yaman2.142.644.78 - - -11
18Nepal0.004.284.28 - - -11
19Pokiston0.004.284.28 - - -11
20Bangladesh0.004.114.11 - - -11
21Falastiin0.003.693.69 - - -11
22Shri Lanka0.003.063.06 - - -11
23Butan0.000.000.00 - - -11


 

SHARQ MINTAQASI
 

SharqDavlatKlub ochkoMTJ ochkoJami ochko12345
1J.Koreya70.0023.1293.1231 ---
2Yaponiya50.0425.7275.7631 ---
3Avstraliya35.3322.8758.2022 ---
4Xitoy39.7713.9753.7422 ---
5Tailand30.566.5537.1112 - --
6Vetnam15.9410.1526.0911- --
7Indoneziya18.085.6623.74-11 --
8Malayziya12.166.4218.58-11 - -
9Gonkong13.644.6618.30-1-1-
10Hindiston11.506.0417.54-1-1-
11Singapur10.026.0416.07-1-1-
12Maldiv or.6.745.2011.94-1-1-
13Myanma7.973.0611.03 - -11-
14KXDR0.007.347.34 - -11-
15Filippin0.006.766.76 - -11-
16Xitoy Taypei0.003.273.27 - -11-
17Guam0.003.233.23 - - -11
18Laos0.003.063.06 - - -11
19Mo'g'uliston0.001.471.47 - - -11
20Kambodja0.001.171.17 - - -11
21Bruney0.001.091.09 - - -11
22Sharqiy Timor0.001.091.09 - - -11
23Makau0.000.340.34 - - -11



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia