OCHL g'olibi uchun beriladigan mukofot pullari oshirildi

Tolibjon Qosimov
8 yanv 2018, 10:24
Yangi mavsumdan boshlab Osiyo Chempionlar ligasi va OFK Kubogi musobaqasi g'oliblari uchun beriladigan mukofot pullari oshirildi.

Bu haqida OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa tashkilotga a'zo barcha futbol federatsiyalariga yuborgan maktubida ma'lum qilgan.

2018 yilda Osiyo Chempionlar ligasida g'alaba qozongan klub 4 million AQSH dollari miqdorida mukofot puli oladi. OFK Kubogi g'olibiga esa 1,5 million AQSH dollari taqdim qilinadi.

Shuningdek, Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa tomonidan yuborilgan maktubda OFK tomonidan o'tkazilayotgan musobaqalarda ishtirok etayotgan jamoalarga taqdim qilinadigan mukofot pullari homiylar va hamkorlar tomonidan ajratilayotgan mablag'lar hisobiga muntazam ravishda oshirib borilishi takidlangan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfl.uz