OCHL. "Bunyodkor" bu yilgi mavsumda hozirgacha 300 ming dollar ishladi

Narzulla Saydullayev
24 apr 2014, 15:31
Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan "Bunyodkor" klubi o'z byudjetini boyitib oldi.
OCHLdagi har bir g'alaba uchun OFK klublarga 40 ming, durangga 20 ming, har bir safar o'yiniga 30 mingdan pul beradi.

Bundan tashqari guruhdan keyingi bosqichga chiqqan klublarga qo'shimcha 50 ming dollar mukofot puli beriladi. Pley-offdagi safar xarajatlari uchun 40 ming dollar beriladi.

Guruhdagi uchta safar o'yini uchun jami - 90 ming
Guruhdagi ikki g'alaba uchun jami - 80 ming
Guruhdagi ikki durang uchun jami - 40 ming
Pley-offga chiqqani uchun - 50 ming
1/8 final safariga borish uchun - 40 ming

Jami: 300 ming AQSH dollari.

Agar "Bunyodkor" 1/8 finalda "Al Hilol" to'sig'idan muvaffaqiyatli o'ta olsa yana 120 ming dollar ishlab topadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia