OCHL. Bugun ikkinchi finalchi aniqlanadi

Xayrulla Xoliqov
24 okt 2018, 12:15
Kecha Osiyo chempionlar ligasida birinchi yarim final javob uchrashuvi o'tkazildi.

Ma'lumki, Tehrondagi "Ozodi" stadionida kechgan bahs 1:1 hisobida yakun topdi va "Persepolis" bu yilgi OCHL musobaqasining dastlabki finalchisiga aylandi. Bugun Janubiy Koreyada bo'lib o'tadigan o'yindan so'ng ikkinchi finalchi nomi ma'lum bo'ladi.

Bugun "Suwon World Cup Stadium" o'yingohida "Suvon Samsung" klubi Yaponiyaning "Kashima Antlers" jamoasini qabul qiladi. Bahs bizning vaqt bilan 15:00da boshlanadi. Eslatib o'tamiz, birinchi o'yinda "Kashima" klubi o'z maydonida 3:2 hisobida zafar quchgan. Bugungi o'yinni OCHL tarixida ilk bor aqshlik hakam Mark Geyger boshqaradi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com