OCHL. "A" guruhidagi vaziyat va imkoniyatlar haqida

19 mar 2015, 12:21
17-18 mart kunlari Osiyo chempionlar ligasida 3-tur bahslari bo'lib o'tdi.
"A" guruhida ishtirok etayotgan "Bunyodkor" o'z maydonida Qatarning "Laxviya" klubini qabul qilib, 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi. Bu o'yinda ham "Persepolis" bilan bo'lgan uchrashuvdagi ssenariy takrorlandi desa bo'ladi. Birinchidan, har ikkala bahsda yagona gol penaltidan kiritildi. Ikkinchidan, "Bunyodkor" shuncha hujum qilgani bilan to'p kirita olmadi.

Saudiya Arabistonining "Al Nasr" klubi esa o'z uyida "Persepolis"ni qabul qilib, yirik 3:0 hisobidagi g'alabaga erishdi. 3-tur bahslaridan so'ng guruh jadvali quyidagicha ko'rinish olgan. "Persepolis" 6 ochko to'plagan holda peshqadam bo'lib turibdi. Ikkinchi o'rindagi "Al Nasr" hisobida 5 va 3-o'rinda kelayotgan "Laxviya" hisobida 4 ochko bor. "Bunyodkor" esa bor-yo'g'i bir ochko bilan oxirgi o'rinda boryapti.



Sergey Lushan shogirdlari navbatdagi turni safarda "Laxviya"ga qarshi o'tkazishadi. Bu bahsda "Bunyodkor"ni faqat g'alaba qoniqtiradi. Agar "Bunyodkor" yana ochko yo'qotadigan bo'lsa, jamoa o'z tarixida ilk bor guruhdan chiqa olmay qolib ketadi.

SO'Z
- Uzr, bu savolga javob bera olmayman ("Bunyodkor" o'z uyidagi ikkinchi o'yinda ham to'p kirita olmadi. Jamoa gol urishi uchun yana nechta hujumchi yoki qancha vaziyat kerak?" degan savolga Sergey Lushanning javobi).

3-tur. 17 mart
"Bunyodkor" - "Laxviya" 0:1
"Al Nasr" - "Persepolis" 3:0

#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NOchk
1Persepolis32014 - 316
2Al Nasr
31205 - 235
3Laxviya31112 - 4-24
4Bunyodkor30121 - 3-21

Keyingi uchrashuvlar
4-tur. 8 aprel
"Persepolis" - "Al Nasr"
"Laxviya" - "Bunyodkor"

Manba: championat.asia