OCHL. 5-turdagi barcha o'yinlar bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

Narzulla Saydullayev
19 apr 2016, 20:06
Bugun va ertaga Osiyo chempionlar ligasi 5-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tadi.

Kuni kecha OFK sobiq bosh kotibi Dato Sri Pol Moni Samuel 71 yoshida vafot etdi. Shu bois OFK 19 va 20 aprel kunlari bo'lib o'tadigan o'yinlar bir daqiqalik sukut bilan boshlanadigan bo'ldi.

Dato Sri Pol Moni Samuel 1944 yilda tug'ilgan. 1960 yillarda Malayziyaning "Kedah" klubida futbol o'ynagan. Futbolchilikni tugatach murabbiylik qilgan va keyinroq Malayziya Futbol Assotsiatsiyasida ish olib borgan. 2007-2009 yillarda OFK bosh kotibi bo'lib ishlagandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia