OCHL-2021. 15 kunda 6ta o'yin o'tkazadigan "Paxtakor" taqvimi bilan tanishing

Xayrulla Xoliqov
11 apr 2021, 18:20
Osiyo chempionlar ligasining G'arb mintaqasida barcha guruhlar ma'lum bo'ldi.

Mamlakatimizning amaldagi chempioni "Paxtakor" "B" guruhidan joy olgan va o'z o'yinlarini Sharja shahrida o'tkazadi. "Paxtakor" guruhidagi to'rtinchi jamoa Iroqning "Al Quva Al Javiya" klubi bo'ldi. 

Bu jamoa pley-off bahsida Saudiya Arabistonining "Al Vehda" klubiga qarshi maydonga tushib, 1:1 hisobini qayd etdi va penaltilar seriyasida 3:2 hisobida zafar quchdi. Bilasiz, Osiyo chempionlar ligasining guruh o'yinlari markazlashgan tartibda tashkil etiladi. "Paxtakor" ham, AGMK ham 15 kunda 6tadan uchrashuvda maydonga tushadi.


"B" guruhi (mezbon shahar - Sharja):

"Sharja" (BAA)

"Traktorsozi" (Eron)

"Paxtakor" (O'zbekiston)

"Al Quva Al Javiya" (Iroq)


"Paxtakor"ning guruh o'yinlari taqvimi: 

1-tur. 14 aprel. "Sharja" stadioni

20:00. "Paxtakor" - "Traktorsozi"


2-tur. 17 aprel. "Sharja" stadioni

20:00. "Al Quva Al Javiya" - "Paxtakor"


3-tur. 20 aprel. "Sharja" stadioni

23:00. "Sharja" - "Paxtakor"


4-tur. 23 aprel. "Sharja" stadioni

23:00. "Paxtakor" - "Sharja"


5-tur. 26 aprel. "Sharja" stadioni

20:00. "Paxtakor" - "Al Quva Al Javiya"


6-tur. 29 aprel. "Sharja" stadioni

20:00. "Traktorsozi" - "Paxtakor"


Izoh: O'yinlarning boshlanish soati Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan. 

Guruhdagi barcha bellashuvlar "Sharja" stadionida bo'lib o'tadi. Bu mamlakatda kattaligi jihatdan uchinchi stadion bo'lib, 18 ming muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladi. Bu stadionda 2019 yil Osiyo Kubogining 6ta bellashuvi o'tkazilgan. Esingizda bo'lsa, O'zbekiston terma jamoasi mana shu stadionda Ummonni 2:1 hisobida mag'lub etgandi. 

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia