OCHL-2020 saralash. Eron klublari neytral maydondagi bahslarda zafar quchdi va pley-offning barcha juftliklari ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
25 yanv 2020, 21:25
Osiyo chempionlar ligasi joriy mavsum 2-saralash bosqichining qoldirilgan ikki o'yini yakunlandi.

Ma'lum sabalarga ko'ra, Eron klublarining o'yinlari neytral maydon, yani, BAAga ko'chirilgani haqida ma'lumot bergandik

Texronning “Istiqlol” jamoasi “Al-Kuvayt” (Quvayt) ni yirik hisobda (3:0) taslim etgan bo'lsa, “Shaxr Xadro” (“Padidex”) 2:1 natijasi bilan “Al-Rifaa”ni (Bahrayn) engdi.

Shu tariqa, texronliklar pley-offda “Al-Sayliya” bilan uchrashadi. “Shaxr Xadro” esa Qatarning boshqa bir klubi “Al-Rayan” bilan guruhga chiqish uchun kurash olib boradi

Demak, OCHL-2020 saralashi so'nggi raundining barcha juftliklari ma'lum bo'ldi. 

28 yanvar:

“Al-Ahli” (S.Arabistoni) – “Istiqlol” (Tojikiston)

"Al-Ain" (BAA) – "Bunyodkor" (O'zbekiston)

“Al-Sayliya” (Qatar) – “Istiqlol” (Eron) 

“Al-Rayvan” (Qatar) – “Shaxr Xadro” (Eron)

“Seul” (J.Koreya) – “Kedax” (Malayziya)

“Shanxay SIPG” (Xitoy) – “Buriram Yunayted” (Tailand)

“FK Tokio” (Yaponiya) – “Ceres” (Filippin)

“Kashima Antlers” (Yaponiya) – “Melburn Viktori” (Avstraliya)

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia