

Uchrashuv asosiy vaqti 1:1 natijasi bilan yakunlangan bo'lsa, ekstra taymlarda koreyaliklar 119-daqiqada Junior Negranning penaltidan urgan goli evaziga zafar quchdi va OCHLning hal qiluvchi bosqichiga yo'l oldi.
Ularga finalda Eronning “Persepolis” jamoasi raqiblik qiladi. Bosh sovrin uchun o'yin esa 19 dekabr kuni Qatardagi “Al Janub” stadionida bo'lib o'tadi.
"Ulsan Xyonde" (J.Koreya) – “Vissel Kobe” (Yaponiya) 2:1 (0:0, 1:1, 0:0, 1:0)
Gollar: Yamaguchi 52 – 1:0, Yonsen 81 – 1:1, Negran 119 – 2:1.




