OCHL-2019. Ikkinchi finalni o'zbekistonlik hakam boshqaradi

Narzulla Saydullayev
18 noya 2019
24 noyabr kuni 2019 yilgi Osiyo chempionlar ligasi sohibi ma'lum bo'ladi.

Xabaringiz bor, OCHL finali ikkita o'yindan iborat bo'ladi. 9 noyabr kuni Saudiya Arabistonida o'tgan dastlabki finalda "Al Hilol" "Urava Red Daymonds"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan edi.

Yaponiyada o'tadigan ikkinchi finalni o'zbekistonlik Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

OCHL-2019. Ikkinchi final
"Urava Red Daymonds" - "Al Hilol"
24 noyabr 2019 yil. Saitama. "Saitama 2002" stadioni.
Bosh hakam:
Valentin Kovalenko (O'zbekiston).


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia