OCHL-2018: “Al Duhail” – “Lokomotiv” bahsini avstraliyalik hakam boshqaradi

Narzulla Saydullayev
4 mar 2018, 11:55
Kelayotgan haftada Osiyo Chempionlar Ligasi 2018 yilgi mavsumining guruh bosqich 3-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Bu safar Toshkentning “Lokomotiv” klubi Qatarning “Al Duhail” jamoasi mehmoni bo'ladi.   6 mart kuni bo'lib o'tadigan bellashuvni avstraliyalik hakamlar guruhi boshqarib boradigan bo'ldi.   O'yin bosh hakami – Kristofer Jeyms Bit.  Unga qanotlarda hamyurtlari – Eshli Uarvik Ichem hamda Anton Shchetinin yordam berishadi.  To'rtinchi hakam vazifasini esa qirg'izistonlik Timur Fayzullin bajaradi.

OCHL-2018.  Guruh bosqichi
3-tur / 6 mart.  Doha.  “Abdulloh bin Halifa” stadioni
“Al Duhail” – “Lokomotiv”
Bosh hakam:  
Kristofer Jeyms Bit (Avstraliya)
Qanot hakamlari:  Eshli Uarvik Ichem va Anton Shchetinin (Avstraliya)
To'rtinchi hakam:  Timur Fayzullin (Qirg'iziston)
Hakamlar nazoratchisi:  Komalesvaran Sankar (Hindiston)
Komissar:  Tun Tun Aung (Myanma)

Ta'kidlab o'tamiz,  mazkur qarama-qarshilik 6 mart kuni bo'lib o'tadi.  O'yinning boshlanish vaqti 20: 00 (Toshkent vaqti bilan).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz