OCHL-2016 rasmiy dasturnomasi: Server Jeparov "Lokomotiv"ning asosiy futbolchisi

Narzulla Saydullayev
12 sen 2016, 17:47
OFK Osiyo chempionlar ligasi chorak finaliga chiqqan jamoalar uchun maxsus dasturnoma tayyorladi.

46 betdan iborat mazkur dasturnomada chorak finalga chiqqan har bir jamoaga batafsil to'xtalib o'tilgan. Ular orasida Toshkentning "Lokomotiv" klubi ham bor. Jamoaning asosiy futbolchisi sifatida Server Jeparov ko'rsatib o'tilgan.

"2008 va 2011 yillarda Osiyoda eng yaxshi futbolchi bo'lgan Jeparov o'z vaqtida Toshkentning "Paxtakor" va "Bunyodkor" klublarida o'ynagan. Ayni paytda "Lokomotiv"ning yetakchilaridan biridir. Uning ajoyib o'yin tufayli "Al Hilol" Toshkentda 2:1 hisobida mag'lub etildi", - deb yoziladi dasturnomada.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia